Xavi uch futbolchining joyini kafolatladi. Ular orasida Levandovski yo‘q!

  • 5 aprel, 2023, 19:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati yozda tarkb masalasida katta o‘zgarishlar qilmoqchi. Klub moliyaviy ahvolini o‘nglab olishi uchun bir necha futbolchilarini sotib yuborishiga to‘g‘ri kelyapti.

Tecno

Jamoa bosh murabbiyi Xavi Ernandes har qanday vaziyatda ham tarkibda olib qolinadigan uch nafar futbolchi nomini e’lon qildi.

Ispaniyaning Sport nashri xabar berishicha, kataloniyaliklar himoyachi Ronald Arauxo va ikki nafar yarim himoyachi – Frenki de Yong hamda Pedrini har qanday taklif bo‘lishidan qat’i nazar boshqa klubga sotmaydi.

Asosiy tarkib vakillaridan Mark-Andre ter Shtegena, Alexandro Balde, Gavi, Jyul Kunde, Rafinya va Robert Levandovski ham Xaviga kerak bo‘lgan o‘yinchilar toifasiga kiradi. Biroq yaxshi taklif bo‘lsa, klub rahbariyati ular bilan xayrlashishga qarshilik qilmaydi.

Ma’lumotlarga qaraganda, kataloniyaliklar yozda futbolchilar transferidan 200 million evro ishlab olishni mo‘ljallayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!