Xavi xafsalamni pir qildi!

  • 24.08.2022 19:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” tarbiyalanuvchisi Riki Puch mavsumoldi yig‘inlarida bosh murabbiy Xavi Ernandes qarori uning hafsalasini pir qilganini ta’kidladi.

- Ilgari klub biror futbolchini Barselonada qoldirib, ularsiz o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga ketganini hech ko‘rmaganmiz. Klubdagi etti yillik faoliyatimdan keyin bu meni xafsalamni pir qildi. Axir bosh murabbiy Xavining o‘zi ham shu klubda ko‘p yillar o‘ynaganku.  

Men vaziyatni tushunib turibman. Ular o‘yinchilar klubni tark etishini tezlashtirish uchun shu tariqa bosim o‘tkazmoqchi bo‘lishdi. Lekin buni boshqacha usulda amalga oshirish mumkin edi, - dedi Riki Puch.

23 yoshli yarim himoyachi “Barselona”dan ketib, “Los-Anjeles Gelaksi” safiga qo‘shildi. Puch faoliyati davomida klublar miqyosida jami 124 ta uchrashuvda qatnashib, ettita gol va 16 ta assist muallifi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!