Xavi "Xetafe" bilan o‘yinda olgan qizil kartochkasi sabab 4 o‘yinga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin!

  • 14 avgust, 2023, 15:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xavi va Rafinya "Xetafe"ga qarshi o‘yinda (0:0) qizil kartochka olgani uchun diskvalifikatsiya qilinishi mumkin. Birinchi bo‘limda "Barsa" vingeri Rafinya Gaston Alvaresni tirsagi bilan urib yuborgani uchun maydondan chetlatildi.

Tecno

Kataloniyalik murabbiy ikkinchi bo‘limda hakamlar bilan bahslashgani uchun bosh hakam Sezar Soto Gradodan qizil kartochka oldi. "El Mundo Deportivo" nashri xabariga ko‘ra, Rafinya kamida ikkita, ko‘pi bilan uchta o‘yinga diskvalifikatsiya qilinadi.

Xavi hakamlar bilan bahslashgani uchun kamida ikkita o‘yinga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin. Biroq "Diario Sport" nashrining qayd etishicha, o‘yindan keyingi izohlar tufayli Xavi 4 o‘yinga chetlatilishi ham mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!