Xavi: "Yangi shartnomamni rahbariyat bilan muhokama qilganman"

  • 11 mart, 2023, 17:55
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes tez orada Kataloniya klubi bilan shartnomasini uzaytiradi. Mutaxassisning "ko‘k-anorranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozida yakuniga etadi.

Tecno

"Men rahbariyat bilan yangi shartnomamni muhokama qildim. Har doim o‘zimga bir narsani aytaman: "Birinchi navbatda sovrinlarni yutishimiz kerak", - dedi Xavi matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik mutaxassis "Barselona"ni 2021 yilning kuzidan buyon boshqarmoqda. O‘shandan beri murabbiy jamoa bilan Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi. Kataloniyaliklar La Liga chempionligi uchun kurashda "Real" dan 9 ochko oldinda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!