
Xaviga kerak bo‘lmay qolgan ikki yulduzga zo‘r xaridor chiqdi
“Barselona” yulduzlardan tarkib topgan bo‘lsa-da, ayrim o‘yinchilar turli sabablarga ko‘ra Xavi qurayotgan jamoadan chetda qolishi tabiiy hol.
Xususan, o‘tgan yili Ronald Kuman tomonidan jamoaga olib kelingan Memfis Depay o‘ziga yangi jamoa topishi kerak. Aynan Kuman bilan chiqisha olmay, Turkiyaga ijaraga jo‘natilgan Miralem Pyanich ham endi kataloniyaliklarga kerak emas.
Bu ikki yulduzni “Inter” o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Milanliklar bosh murabbiyi Simone Indzagi har ikki o‘yinchining ham muxlisi hisobalanadi va ularning imkoniyatini yuqori baholamoqda.
Pyanich bir necha mavsum davomida “Yuventus”da porlagan va A Seriyada o‘ynash tajribasiga ega. Niderlandiyalik hujumchi esa, faoliyati davomida bir necha mamlakatlarda to‘p tepgan va har qanday ligaga tez moslasha oladi.
Fikrlar