Xavining orzusidagi futbolchi qaysi ligada o‘ynashni xohlayotganini aytdi

  • 6 dekabr, 2021, 00:22
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" vingeri Muhammad Saloh amaldagi klubi bilan shartnomasini uzaytirishni istayotgani aytdi, shuningdek, "Barselona"ning qiziqishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. 

"Agar hammasi faqat menga bog‘liq bo‘lsa, "Liverpul"da qolishimni ber necha bor aytganman. Lekin bu masalani klub rahbariyati hal qilishi lozim. Hech qanday muammo yo‘q, biroq klub bilan kelishishimiz kerak. Hammasi ularga bog‘liq. 

Futbolchining moliyaviy qiymati klub uni qanchalik qadrlashini va uni saqlab qolish uchun nimaga tayyor ekanligini ko‘rsatadi. Shunday bo‘lsa-da vaziyat faqat pulga bog‘liq emas. 

Xavi mening xaridimga qiziqayotgani haqida o‘qidim. "Barselona"dek klub e’tiboriga tushganimdan xursandman. "Liverpul"da baxtliman va APLda qolishni istayman. Sababi, bu dunyoning eng kulchi ligasi", - dedi Saloh. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!