
Xayrulla Hamidov: "Eldor Shomurodov"ni "Kalyari"da qolishini istagan bo‘lardim"
A Seriyaning 32-turida "Kalyari" "Inter" mehmoni bo‘lib, 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Uchrashuvdagi eng muhim gollardan birini terma jamoamiz sardori Eldor Shomurodov urdi. Xayrulla Hamidov esa bu holatga o‘z reaktsiyasini bildirdi va quyidagi fikrlarni qo‘shimcha qildi:
"Rimliklar usluban yaqin deb, Sardor Azmunni Shomurodov o‘rniga olishdi, lekin eronlik futbolchi bu mavsum 2 ta gol uribdi. Eldorda esa 3 ta gol bor, ya’ni u Shomurodovning hattoki "Roma"dagi variantining ham o‘rnini bosa olmadi. "Kalyari" xudo xohlasa, ligada qoladigan bo‘lsa, hujumchimizni Klaudio Raneri bilan davom etishini tilagan bo‘lardim, chunki bu jamoada asosiy tarkib nisbatan kafolatlangan bo‘ladi", - dedi jurnalist.
Eslatib o‘tamiz, Shomurodov ayni paytda sardiniyaliklar safida ijara asosida to‘p tepmoqda. Uning "bo‘rilar" bilan tuzgan shartnomasi 2026 yilgacha amal qiladi.
Fikrlar