Xayrulla Hamidov: Messi 2022 yilgi Qatar mundialida Maradonaga tenglashish uchun emas, ustozi xotirasi uchun ham o‘ynashiga to‘g‘ri keladi

  • 27 noyabr, 2020, 12:25
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha futbol afsonasi Diego Maradona vafot etdi. Shu munosabat bilan taniqli sharhlovchi Xayrulla Hamidov telegramdagi sahifasida uning faoliyatiga to‘xtalib o‘tdi. 

"O‘lim ham asli Allohning bir ne’mati. Inson vafot etar ekan, uning bir qismi tugaydi va tabiiyki, yangisi boshlanadi. Agar o‘lim bo‘lmasa, davomiylik va... uyog‘i biz bilmaydigan cheksizlik.

Bugun Maradonaning vafoti bilan ko‘p narsalar yozildi, yozilmoqda, yozilaveradi ham. Rostanam daho futbolchi edi. U bilan o‘sgan avlod ayniqsa qattiq yozyapti. Butun bir epoxa tugagani uchundir balki. Yozganlardan tashqari dunyo ahlining reaktsiyasiga ham qarang: Yulduzlar Diegoni eslashga tushdilar, San Paolo o‘yingohi nomi Maradonaga berilishi haqidagi xabarlar chiqdi, uch kunlik motam va hokazolar.

Davron Fayziev: Pele va Maradona tarixdagi eng buyuk futbolchi mavzusida ko‘p solishtiriladi. Natijadan kelib chiqib, ko‘pincha Pele ustun qo‘yiladi. Biroq Pele bitta jihatdan Maradonaga eta olmaydi

photo_2020-11-26_10-42-51-800x530

Odil Ahmedov: Tarix Maradonadek o‘yinchilarni doim eslab qolishiga shubham yo‘q. U – dunyo futbolining haqiqiy qiroli sifatida qoladi

Maradona kecha tirik edi va u haqda bu gaplar yo‘q edi. O‘limning ne’matligi inson qadrini topadi. Bu qadr u vafot topgunga qadar bo‘lmaydi. Oddiy hol. Bugun Maradona siymosi bo‘y-basti bilan namoyon bo‘lmoqda. Chunki uning birinchi qismi tugadi. U tugab, yangi qadr bosqichiga ko‘tarildi.

Bir avlod sevib ulg‘aygan kishisini yo‘qotganda shunday bo‘ladi doim. Bizdan oldingilar Kruiffga yig‘lashgan, jim bo‘lib qolishgan (Pele tirikligi uchun, albatta), biz bugun Diegoning vafotiga g‘amginmiz. Aslida kechagi Maradonadan bugungi Maradonaning farqi bo‘lmasligi kerak ediku, uning o‘yinlarini shuncha yaxshi ko‘rgan bo‘lishsa, har kuni gapirmaydilarmi, yo‘q, vafot sanasida bu yiring misol tashqariga chiqib ketadi. Odamlar kimni yo‘qotganlarini shunda biladilar.

Avlod o‘zi suygan kishisini ota-onasi kabi ardoqlagandek tuyuladi menga. Ota-ona qariydi, tirikchilik yukini farzandlariga beradi, faqat maslahatgo‘yga aylanadi. Pul topmaydi, birovning ishiga aralashmaydi, ba’zan shoshganimizda borlari-da esdan chiqib qoladi. Shundoq, oddiy tomoshabin misol yashay boshlaydilar. Lekin o‘sha, faqat uyda ko‘rganimizda salomimizga alik oladigan, ishga ketayotganimizda duo qilib qo‘yadigan, uyning fayzi bo‘lib turgan otamiz yo onamiz vafot etsa, dahshatli tush kabi seskanib ketamiz. Usiz-da umrimiz davom etishini bilsak-da, katta narsani yo‘qotganimizni anglaymiz.

Maradona – bizning avlod uchun ana shunday katta siymo edi. U futbol o‘ynamayotgandi, murabbiylikni ham tashlagandi, umuman futbolga aralashmay ham qo‘ygandi hatto. Lekin bugun uning futbol ichida yashayotganini bilib qoldik. Birdan, yo‘qolib qolganida, futbol undan ayrilganini payqab qoldik. Aslida usiz—da futbol davom etadi... Hamma yana o‘z ishi bilan mashg‘ul. Maradonasiz bugungi futbol umuman o‘zgarmasligi-da aniq. Ammo o‘sha “qadr bosqichi”ga o‘tilgani uchun ham Diego nomi futbol olamiga aylanib ketadi.

Krishtianu Ronaldu: Bugun men do‘stim bilan, dunyo esa daho, eng zo‘rlardan biri, sehrgar bilan xayrlashdi

2299404-47886870-2560-1440

Messi 2022 yilgi Qatar mundialida Maradonaga tenglashish uchun emas, ustozi xotirasi uchun ham o‘ynashiga to‘g‘ri keladi. Tug‘ilganidan to o‘lgunigacha shou ko‘rsatib yashagan Maradona hayotdan ketib ham Argentinasi uchun mas’uliyat merosini tashlab ketyapti.

Hech narsa tugamaydi, balki keyingisi boshlanadi, deganlari shu bo‘lsa kerak..."

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!