
Xayrulla Hamidov: O‘zbekiston yo‘llanma uchun deyilsa, Nepalni ham engolmaydi, menimcha. Bosim tushsa, bo‘ldi, uxlarkanmiz
Bir necha soat avval 23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida 3-o‘rin uchun o‘yin bo‘lib o‘tdi. Unda Avstraliya va O‘zbekiston o‘zaro bahs olib bordi.
O‘yinda "kengrular" ikkinchi taym boshida kiritilgan gol evaziga g‘alaba qozonishdi va Olimpiada yo‘llanmasiga ega chiqishdi.
Uchrashuvdan so‘ng taniyli sharhlovchi Xayrulla Hamidov ijtimoiy tarmoqdalrdagi o‘zining sahifasida quyidagi fikrlarni yozib qoldirdi.
- O‘zbekiston yo‘llanma uchun deyilsa, Nepalniyam engolmaydi menimcha. Bosim tushsa, bo‘ldi, uxlarkanmiz.
Yaponiya guruhdan chiqqanda, amirlikka yutqazardik...
Ikki yil oldin shuning uchun chempion bo‘lolganmiz. O‘rtaga yo‘llanma tikilsin edi, koreyslardan erdik. Shunaqamiz, - dedi Xayrulla Hamidov.
Fikrlar