Xese PSJni tark etadigan bo‘ldi

  • 6 avgust, 2017, 12:51
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi sobiq hujumchisi Xese Rodriges PSJni tark etishni xohlamoqda. Bu haqda TMW nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Manbaning axborot tarqatishicha, 24 yoshli futbolchiga Italiyaning “Roma” va “Fiorentina” klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda. Biroq, har ikkala klubning parijliklar bilan muzokaralarga kirishgani to‘g‘risida biror axborot berilmayapti.

Qayd etish lozim, ispaniyalik futbolchi o‘tgan mavsumda La Liganing “Las-Palmas” jamoasi tarkibida o‘tkazgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!