Xitoy. Krimets iyul oyidan buyon ilk marta asosiy tarkibda maydonga tushdi

  • 22 oktabr, 2017, 19:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Oldin xabar berib o‘tganimizdek, bugun Xitoy Superligasida 28-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi  himoyachisi Egor Krimets faoliyat olib boradigan “Beyjing Guoan” jamoasi safarda “Tyantszin Teda” klubi bilan bahs yuritdi.

Tecno

Mazkur o‘yinda mezbonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Biz uchun e’tiborli jihati shundaki, O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Egor Krimets mazkur o‘yinda iyul oyidan buyon ilk bor asosiy jamoa safida o‘yinni boshlang‘ich tarkibda boshladi.

Hamyurtimiz pekinliklar safida so‘nggi bor 1 iyul sanasida “Changchun Yatay”ga qarshi kechgan 15-tur bahsida maydonga tushgan edi.

Darvoqe, bugungi bahsda Krimets hakam tomonidan ogohlantirilganligini aytish joiz.

Xitoy Superligasi. 28-tur

“Tyantszin Teda” – “Beyjing Guoan” 2:0.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!