
Xitoy U-23 terma jamoasi ustozi O‘zbekistondan uchralgan mag‘lubiyatga izoh berdi
U-23 Osiyo chempionati "S" guruhi 2-turidan o‘rin olgan Xitoy - O‘zbekiston bahsi yakunlandi. Unda vakillarimiz 2:0 hisobida zafar quchishdi.
Uchrshuvdan so‘ng xitoyliklar ustozi Vei Xao o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- O‘zbekiston haqli ravishda g‘alaba qozondi. Bu muvaffaqiyat bilan ularni tabriklayman. Biz esa rejani bajara olmadik.
Penaltidan oldin o‘yinimiz oldindan o‘ylagan rejamiz asosida ketayotgandi. Ammo...
Guruhimizda qit’aning grad jamoalari jamlangan. shu bois biz Osiyoning eng kuchli jamoalari bilan o‘yin o‘tkazdik. Olimpiadaga chiqish vazifasini bajara olmagan bo‘lsakda tajribani to‘pladik. Bu esa bizning eng asosiy maqsadimiz.
Biz bugun asosiy xujumchimizsiz o‘ynadik. Bu katta yo‘qotish edi. Uning yo‘qligi ta’sir qildi.
O‘ng qanotni yopmoqchi bo‘ldik, chunki raqib shu qanotda faol harakat qildi. Bizni qo‘llab turgan muxlislarimizga rahmat, ulardan minnatdormiz, - dedi murabbiy.
Fikrlar