Xitoydan kelgan hujumchiga yangi xaridor paydo bo‘ldi
“Manchester Yunayted”ning uzoq muddatli muzokaralardan ijaraga olingan futbolchisi Odion Igalo PSJ rahbarlari nazariga tushdi.
PSJ aslida “Shanxay Shenxua” jamoasiga tegishli bo‘lgan hujumchi parijliklar safini tark etgan Edinson Kavanining o‘rnini bosishiga ishonch bildirmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, Frantsiya chempioni afrikalik futbolchining o‘zi bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. Agar ular o‘zaro kelishuvga erishsa, “Manchester Yunayted”ni uni qo‘yib yuborishga ko‘ndirish kerak bo‘ladi.
Sulsher Igaloni qo‘yib yubormasa, unda PSJ uning ijara muddati tugashini kutadi va kelasi yilning yanvarida “Shanxay Shenxua” bilan muzokaraga kirishadi.
Fikrlar