"Xoffenxaym" hujumchisi o‘z ismini Bundesliga tarixiga yozdirib qo‘ydi

  • 08.04.2019 12:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Xoffenxaym" klubi hujumchisi Isxak Belfodil kecha Bundesliganing 28-turidan o‘rin olgan "Augsburg"ga qarshi o‘yinda xet-trik qayd etdi.

Gracenote Live nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 27 yoshli forvard shu tariqa Germaniya Bundesligasida xet-trik qayd etgan ilk jazoirlik futbolchiga aylandi.

Ma’lumot uchun, Belfodil joriy mavsum "Xoffenxaym" safida jami 29ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 14ta gol hamda 5ta assist yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!