Xo‘jayin, meni “Real”ga sotvoring!

  • 16.08.2021 17:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe yozgi transferlar oynasi yopilmay turib, “Real”ga o‘tib ketishni istamoqda. Madridliklar ham futbolchining kelasi yili erkin agentga aylanishini kutmasdan, 120 million evro evaziga uni o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor.

Kilian Mbappe Parijdan ketish maqsadida o‘ziga taklif qilingan olti yillik shartnomani rad etdi. Endi 22 yoshli hujumchi PSJ xo‘jayini Nasser Al-Xelaifiy bilan uchrashib, o‘zini “Real”ga sotib yuborishni so‘ramoqchi.

Mutaxassislar Lionel Messining kelishi ham Mbappening ketish haqidagi qarorini o‘zgartirmadi. Kilian argentinalik yulduzni fantastik hujumchi sifatida tan olsa-da, o‘zi baribir “Real”ga o‘tmoqchi.

Avvalroq, Mbappe uchun kurashga “Liverpul” ham qo‘shilgani haqida xabar tarqatildi. Yurgen Klopp jamoasi frantsiyalik hujumchining kelasi yili erkin agentga aylanishini kutmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!