
Xokkey bo‘yicha 11-tur uchrashuvlari yakunlandi
Poytaxtimizdagi “Ice City” muz saroyida bo‘lib o‘tayotgan xokkey bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘zining qizg‘in pallasiga kirmoqda. Ayni paytga kelib, 11-tur uchrashuvlari o‘z yakuniga etdi. Ushbu tur doirasida “Humo” va “Toshkent” jamoalari murosasiz kechgan bahsda irodali g‘alabaga erishdilar. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.
Batafsil:
11-tur
«Semurg‘» (Toshkent) – «Humo» (Toshkent) – 3:4
«Binokor» (Toshkent) – «Toshkent» (Toshkent) – 2:3
12-tur o‘yinlari anonsi:
12-tur. 16 mart (shanba)
«Humo» – «Binokor» 12.00
17 mart (yakshanba)
«Toshkent» – «Semurg‘» 12.00
Fikrlar