
Xokkey. "Humo" sentyabr oyida 8 ta o‘yin o‘tkazadi. Shularning 4 tasi Toshkentda bo‘ladi!
Xabaringiz bor, Toshkentning “Humo” xokkey klubi bu yildan boshlab Qozog‘iston ochiq chempionati Pro-liga bahslarida ishtirok etadigan bo‘ldi.
Bir muddatlik tanaffusdan so‘ng xokkey musobaqalari poytaxtimiz Toshkentga qaytmoqda. 10-sentyabr kuni Qozog‘iston ochiq chempionati Pro-ligasining navbatdagi mavsumiga start beriladi. Jumladan, 11 sentyabr kuni “Humo” xokkeychilari Qozog‘istonning Nur-Sulton shahri sharafini himoya qiluvchi “Nomad” jamoasiga qarshi muz ustiga chiqadi. Uchrashuv muhtasham “Humo Arena”da o‘tkaziladi va unga soat 17:00da start beriladi.
Quyida “Humo” xokkey jamoasining sentyabr oyidagi o‘yinlari taqvimi bilan tanishing:
11-12 sentyabr
“Humo” (Toshkent) – “Nomad” (Nur-Sulton, Qozog‘iston)
15-16 sentyabr
“Humo” – “Gornyak” (Rudniy, Qozog‘iston)
25-26 sentyabr
“Beybaris” (Atirau, Qozog‘iston) – “Humo”
29-30 sentyabr
“Aktobe” (Qozog‘iston) – “Humo”
Fikrlar