
Xoland Angliya futbol assotsiatsiyasi tomonidan jarimaga tortilishi mumkin! Bunga sabab nima?
Kecha "Manchester Siti" APL doirasida "Tottenxem" bilan 3:3 hisobidagi jangovor durangga imzo chekdi. Biroq bahs oxirida hakam "shaharliklar"ning hujumini to‘xtatib, kechiktirilgan fol qayd etdi.
Bu esa tabiiyki, manchesterlik futbolchilarga yoqmadi. Hatto Erling Xoland uchrashuvdan keyin "Tvitter"dagi sahifasi orqali quyidagicha izoh qoldirdi.
Mazkur 3 harfdan iborat "tviti" uchun futbolchi Angliya futbol assotsiatsiyasi tomonidan jazolanishi va jarimaga tortilishi mumkin. Biroq hozircha bu bo‘yicha rasmiy xabar chiqmadi.
Fikrlar