Xoland barcha gollaridan voz kechishga tayyor

  • 4 may, 2023, 14:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” hujumchisi Erling Xoland Angliya Premer-ligasida 35-golini urib, bir mavsumda eng ko‘p to‘p kiritish bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatdi.

Tecno

22 yoshli hujumchi bir ish uchun barcha gollaridan voz kechishga tayyorligini bildirdi.

- Men hamma gollarimni treblga almashgan bo‘lardim. Eng muhimi, sovrinlar.  Treblga erishish imkonimiz borligini hamma biladi. Hozir Angliya kubogi finali haqida o‘ylay olmaymiz. Bor e’tiborni”Lids” bilan bo‘ladigan bahsga qaratish lozim.

Mavsum oxirigacha to‘qqizta uchrashuv qoldi va ularning har biri biz uchun final hisoblanadi, - dedi Erling Xoland.

“Manchester Siti” joriy mavsumda uchta musobaqa Angliya chempionati, mamlakat kubogi  va Chempionlar ligasi g‘olibligi uchun kurashmoqda. Xoland bu turnirlarning barchasida g‘olib chiqmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Дилшодбек Абдуллаев
04/05/2023 17:42
Омад