Xoland bir imzo bilan 200 millionga boyidi

  • 7 aprel, 2023, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” to‘purari Erling Xoland sport olamidagi yirik ishlab chiqaruvchi Nike kompaniyasi bilan katta shartnoma imzoladi.

Tecno

Endi bu kompaniya norvegiyalik hujumchini yangi butsalar bilan ta’minlaydi va katta miqdordagi mablag‘lar bilan unga homiylik qiladi.

Aslida Xoland avval ham Nike bilan hamkorlik qilgan. Ularning kelishuvi yanvarda yakunlagach, Adidas va Puma kabi raqobatchilar 22 yoshli hujumchini o‘z tomoniga og‘dirishga urinib ko‘rdi.

Erling Xoland Nike brendi bilan 14 yoshidan beri hamkorlik qiladi. Yangi kelishuv o‘n yilga mo‘ljallangan. Kompaniya futbolchiga har yili 20 million funt miqdorida pul to‘lab turadigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!