
Xoland birinchi supertaklifni rad etdi!
“Borussiya” to‘purari Erling Xoland o‘ziga “Manchester Siti”dan kelib tushgan birinchi taklifga rad javobini berdi.
Xorij matbuotining yozishicha, “shaharliklar” 21 yoshli hujumchiga yiliga 28 million evro to‘lanadigan shartnoma taqdim qilgan edi. Tabiiyki, bu o‘ziga yuqori baho beradigan to‘purarni qanoatlantirmadi.
Ayni paytda norvegiyalik futbolchi “Real” taklifini kutyapti. Madridliklar yozda Kilian Mbappedan tashqari Xolandni ham o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Biroq, xali unga rasmiy taklif bildirilmadi.
PSJ yaqinda Xolanda bir mavsum uchun 50 million evro maosh to‘lashini bildirib, Mbappening o‘rniga Parij klubiga qo‘shilishni taklif qilgan. Shuningdek, “Barselona” ham Xoland transferi uchun mablag‘ topilganini ma’lum qilgan.
Fikrlar