Xoland eng zo‘r futbolchi kimligini aytdi

  • 27 yanvar, 2022, 11:44
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Borussiya” hujumchisi Erling Xoland 2021 yil yakunlari bo‘yicha dunyoning eng tkuchli futbolchisi kimligini aytdi.

Tecno

- Menimcha, birinchi raqamli futbolchi, shubhasiz, Robert Levandovski. Karim Benzema ham zo‘r o‘ynadi va Lionel Messi haqida ham shunday deyin mumkin. Shunday ekan Benzema va Messi ikkinchi-uchinchi pog‘onani bo‘lishib turibdi, - dedi Erling Xoland.

Avvalroq, “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski FIFA talqini bo‘yicha 2021 yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgandi. Bu tanlovda u PSJ yulduzi Lionel Messi va “Liverpul” to‘purari Muhammad Salohni ortda qoldirdi.

“Oltin to‘p-2021” sovrini uchun kurashda birinchi o‘rin Messiga, ikkinchisi pog‘onada Levandovskiga nasib qilgan bo‘lsa, “Chelsi” vakili Jorjino kuchli uchlikni yakunlab berdi.    

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!