
Xoland hali eng zo‘ri emas!
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya premer-ligasining navbatdagi turida “Brayton” darvozasiga ikkita to‘p kiritib, “shaharliklar”ning 3:1 hisobidagi g‘alabasini ta’minlagan Erling Xoland haqida fikr bildirdi.
- Xoland qayd etayotgan natijalar aqlbovar qilmas ekani ko‘rinib turibdi. Uning darajasiga hech qanday shubha yo‘q.
Lekin Erling men birga ishlagan futbolchilar orasida eng zo‘ri emas, balki yaxshilaridan biri xolos. Bu aniq. Uning maqsadi yuqori. Bizga g‘alaba qozonishimizda katta yordam berdi, - dedi Xosep Gvardiola.
Norvegiyalik hujumchi yozda “Borussiya”dan “Manchester Siti”ga 60 million evroga transfer qilingan edi. Angliyadagi debyut mavsumida 15 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 22 marotaba ishg‘ol qildi.
Fikrlar