Xoland ispan tilini o‘rgana boshladi. Bunga sabab bor!
“Manchester Siti”ning yangi hujumchisi Erling Xoland jahon chempionati vaqtida ispan tilini o‘rganadigan bo‘ldi.
Ma’lumki, Norvegiya terma jamoasi jahon chempionatiga chiqa olmagan va Xoland ham mundialni oddiy tomoshabin sifatida kuzatib boradi.
22 yoshli futbolchi vaqtdan unumli foydalanish uchun ta’tilni Ispaniyaning Marbelya orolida o‘tkazadigan bo‘ldi. U ispan tilini mukammal o‘zlashtirmoqchi.
Ko‘pchilik bu yangilikni futbolchini La ligaga ko‘chib o‘tish istagi bilan bog‘ladi. Lekin hujumchining o‘zi bu ishni ispaniyalik ustozi Xosep Gvardiolaning g‘oyalarini yaxshiroq tushunish uchun qilayotganini ta’kidladi.

Fikrlar