
Xoland "Luton"ga qarshi o‘yin qaydnomasidan joy olmagani aytilmoqda!
"Manchester Siti" futbolchisi Erling Xoland bugun "Luton Taun"ga qarshi bahsni o‘tkazib yuborishi mumkin. Bu haqda angliyalik jurnalistlar o‘z rasmiy sahifalari orqali xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, futbolchiga dam berish ko‘zda tutilgan. Sababi, u yaqinda jarohatidan forig‘ bo‘lgandi. Shunga qaramay, futbolchi APL o‘tgan turida "Aston Villa"ga qarshi bahsda to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.
Eslatib o‘tamiz, "Luton" - "Manchester Siti" bahsi bugun Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlanadi.
Fikrlar