Xoland mavsum oxirigacha qancha gol uradi?

  • 10 oktabr, 2022, 09:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Vest Xem” hujumchisi Maykl Antonio “Manchester Siti” debyutanti Erling Xolandga yuqori baho bermoqda.

Tecno

- Xoland premer-ligada gol urish bo‘yicha mavsum rekordini o‘rnatib, raqib jamoalar himoyasini parokanda qiladi. Erling eng kamida 45 ta to‘p kiritadi, - dedi Maykl Antonio 22 yoshli hamkasbi haqida.

“Borussiya”dan 60 million evro evaziga transfer qilingan norvegiyalik hujumchi Angliya futboliga juda tez moslashdi.

Xoland premer-liganing o‘zida to‘qqizta uchrashuvda 15 ta to‘p kiritdi va uchta golli pas muallifi bo‘ldi. Shuningdek, Chempionlar ligasi va Angliya Superkubogida to‘rtta o‘yinda beshta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!