Xoland meni aldab ketgan!

  • 19.10.2022 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Liverpul” futbolchisi Jeyms Milner bir necha yil muqaddam Erling Xoland bilan bo‘lgan suhbatni oshkor qildi.

O‘shanda liverpulliklar Chempionlar ligasida norvegiyalik futbolchi o‘ynagan “Red Bull Zaltsburg” bilan to‘qnash kelgan edi.

- Bir necha yil avval Xolandning jamoasiga qarshi o‘ynaganimizda, u menga “Lids” bilan shartnoma tuzmoqchi ekanini aytgandi. O‘shanda meni aldagan ekan, uning bu qilig‘idan hayron bo‘ldim, - dedi Jeyms Milner.

Xoland keyinchalik “Borussiya” safiga ko‘chib o‘tgan edi. Bu mavsumdan e’tiboran, u to‘purarlik mahoratini “Manchester Siti”da namoyish etib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!