
Xoland nega Angliya terma jamoasini tanlamaganini aytdi
“Borussiya” Dortmund hujumchisi Erling Xoland hech qachon Angliya terma jamoasi uchun o‘ynashni xayoliga ham keltirmaganini aytdi.
Xoland Angliyaning Lids shahrida dunyoga kelgan. Ammo u 4 yoshligida oilasi Norvegiyaga ko‘chib ketgan.
“Yo‘q. Bu haqda o‘ylab ko‘rmaganman. Biz Norvegiyaga 4 yoshligimda ko‘chib kelganmiz, shunday ekan, men bu haqda ko‘p o‘ylamaganman. Men norvegiyalikman va bundan faxrlanaman”, - dedi Xoland.
Erling 2019 yil, ya’ni 19 yoshida Norvegiya terma jamoasida debyut qildi.
Fikrlar