Xoland nega ko‘p gol ura oladi?

  • 24 mart, 2023, 22:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodri Ernandes jamoadoshi Erling Xolandning Angliyadagi debyut mavsumi muvaffaqiyatli chiqayotgani sabablarini aytib o‘tdi.

Tecno

22 yoshli norvegiyalik hujumchi yangi jamoasida  jami 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 42 ta to‘p yozdirib qo‘ydi.

Angliyadagi birinchi mavsumidayoq Xoland ko‘rsatayotgan samaradorlik odamni hayratga soladi. Erling yangi mamlakat futboliga moslashishda davom etimoqda va shunga qaramay, urgan gollari soni 40 tadan oshib ketdi.

Uning mentaliteti Ronaldu va Messi bilan bir xil. Hozircha ularni taqqoslash ancha erta. Chunki Messi va Ronaldu uzoq yillar davomida barqaror tarzda aqlbovar qilmas samaradorlikni ko‘rsatib kelyapti.

Xolandda esa ana shunday natijalarni qayd etish uchun barcha imkoniyat bor, - dedi ispaniyalik Rodri Ernandes Deportivo nashriga.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!