Xoland "Siti"da qachon debyut qiladi? Gvardiola javob berdi

  • 21 iyul, 2022, 16:16
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" "Klub Amerika" klubiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etdi. Unda manchesterliklar 2:1 hisobida zafar quchdi.

Tecno

Mazkur bahsdan so‘ng "shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Shuningdek, u Erling Xolandning qachon debyut qilishi haqida ham gapirib o‘tdi.

"Keyingi o‘yinga Erling tayyor bo‘lishi kerak. Unda ozroq muammolar bor. Shundan kelib chiqib, vaziyatga qaraymiz.

Xoland ikki marta mashg‘ulotlarda ishtirok etdi va u tavakkal qilmoqchi emas. Mavsum hali boshlangani yo‘q. Bizga ham uning sog‘ligi muhim", - dedi ispaniyalik mutaxassis.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!