
Xoland “Siti”dan keyin shu jamoaga boradi
“Real” rahbariyati norvegiyalik to‘purar Erling Xolandni qo‘lga kiritish imkoniyatlarini o‘rganib chiqmoqda.
Aslida madridliklar o‘tgan yili Xolandni transfer qilishni uddalay olmagan edi. Aniqrog‘i, hamma qatori Kilian Mbappeni “Real”ga kelishiga ishongan Erling “Manchester Siti” takliini qabul qilgandi.
“Real” Xoland transferini 2024 yilning yozida amalga oshirmoqchi. Yana bir yarim yildan keyin futbolchining shartnomasida uni 180 million evroga xarid qilish mumkinligi ko‘rsatilgan band kuchga kiradi.
Erling Xoland manchesterliklar safiga ko‘chib o‘tganidan beri 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, 28 ta gol va uchta assist qayd etdi.
Fikrlar