
Xoland tez orada qaysi jamoani tanlaganini e’lon qiladi
Taniqli jurnalist Nikolo Skira “Borussiya” hujumchisi Erling Xoland tez orada qaysi jamoani tanlashanini e’lon qiladi.
Jurnalitning aniqlashicha, norvegiyalik to‘purarning keyingi klubi “Manchester Siti” bo‘ladi. Manchesterliklar hujumchi uchun raqobatda “Real” vakillarini ortda qoldirgan.
Yaqinda “shaharliklar” agar Xoland Manchesterga ko‘chib o‘tsa, haftalik maoshi 375 ming evrodan oshmasligini ma’lum qilgandi. Xosep Gvardiola jamoasida ana shu miqdordagi eng katta maoshni Kevin de Bryuyne olmoqda.
Xoland bu mavsum jarohatlar tufayli kam o‘yin o‘tkazdi. 21 yoshli futbolchi 29 ta o‘yinda o‘z hisobiga 28 ta gol yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar