
Xoland — ushbu natijaga erishgan APLdagi 7-futbolchi
31 avgust kuni “Manchester Siti” APL 5-turi doirasida o‘z maydoni kechgan “Nottingem Forest”ga qarshi uchrashuvda g‘alaba qozondi. Uchrashuv 6:0 hisobida yakunlandi.
"Shaharliklar" safida hujumchi Erling Xoland xet-trik qayd etdi. O‘tgan turda norvegiyalik futbolchi “Kristal Pelas” darvozasiga ham 3 ta gol urgan edi.
Shu tariqa, Xoland Premer liga tarixida ketma-ket ikkita o‘yinida xet-trik qayd etishga muvaffaq bo‘lgan ettinchi futbolchiga aylandi.
Bungacha Les Ferdinand, Ian Rayt, Terri Anri, Dide Drogba, Ueyn Runi va Xarri Keyn shunday natijani qayd etishgan.
Fikrlar