
Xolandning ketishiga ruxsat bergan Gvardiola bir kunda boshqa to‘purar topdi
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Ispaniya chempionatiga ko‘chib o‘tishni orzu qilayotgan Erling Xolandga “Real”ga emas, “Barselona”ga borishni maslahat bergandi.
Ma’lumotlarga qaraganda, ispaniyalik mutaxassis norvegiyalik forvardning o‘rnini bosa oladigan boshqa to‘purar topib qo‘ygan.
Gvardiola “shaharliklar” safiga PSJda asosiy tarkibga kiritilmayorgan Randal Kolo Muanini olib kelmoqchi. Parijliklar bu hujumchini 2023 yilning yozida katta umidlar bilan 95 million evroga transfer qilgandi.
Bosh murabbiylik Luis Enrike kelganidan keyin Randalning ishi yurishmay qoldi. Futbolchining o‘zi tezroq Parijni tark etmoqchi.
So‘nggi ma’lumotlarda aytilishicha, Xosep Gvaridiola 26 yoshli frantsiyalik hujumchini yanvarda ijaraga olib, sinovdan o‘tkazmoqchi. Agar Kolo Muani Angliya Premer-ligasida o‘zini ko‘rsata olsa, yozda uni to‘liq transfer qilish masalasi ko‘tariladi.
Fikrlar