
Xolandning otasini o‘yin paytida rostan "Santyago Bernabeu"dan chiqarib yuborishdimi? (video)
"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xolandning otasi Alf-Inge Xolandni "Real"ga qarshi o‘yin vaqtida stadiondan chiqarib yuborilgani haqida xabarlar tarqaldi. Bunga sabab uning muxlislarga yong‘oq otgani va ularni haqorat qilgani ko‘rsatildi. Alfning o‘zi bu vaziyatga qisqacha to‘xtalib o‘tdi.
"Yo‘q, mening muxlislarga qarata yong‘oq uloqtirganim yolg‘on. Biz madridlik muxlislar bilan ozroq gaplashib oldik. Ular "Siti" gol urganda jahllari chiqib turgandi. Bu tabiiy jarayon.
Keyin bizni mezbon muxlislar o‘tirgan sektordan uzoqroqqa olib ketishdi. Shunda hammasi joyiga tushib ketishini ma’lum qilishdi. Bori shu", - deya yozib qoldirgan Xolandning otasi o‘zining "Tvitter"dagi sahifasida.
Fikrlar