Xolandning yangi jamoadagi maoshi aniq bo‘ldi
“Borussiya” hujumchisi Erling Xoland kelasi mavsumni “Manchester Siti” tarkibida boshlash ehtimoli katta.
ESPN jurnalistlari “Manchester Siti” norvegiyalik to‘purarga qancha to‘lamoqchi ekanini aniqladi. Ma’lumotlarga qaraganda, Xoland Manchesterga keladigan bo‘lsa, unga haftasiga 375 ming funtdan ko‘p mablag‘ to‘lanmaydi.
Ayni paytda Xosep Gvardiola jamoasida xuddi shu miqdordagi maoshni jamoa etakchisi Kevin de Bryuyne olmoqda.
“Manchester Siti” Xolandni olish uchun asosiy da’vogar hisoblanadi. Bu o‘yinchiga PSJ va “Real” tomonidan ham qiziqish bo‘lyapti.

Fikrlar