
Xonto‘raev nokaut qilgan jangchi UFCda revansh jangini o‘tkazadi
UFCning yarimog‘ir vazn toifasidagi jangchisi Ion Kutselaba 24 oktyabr kuni "UFC 254" doirasida Magomed Ankalaevga qarshi revansh jangini o‘tkazadigan bo‘ldi.
Bungacha, moldovalik va rossiyalik jangchilar o‘rtasidagi revansh ikki marta buzilgandi. Avvaliga, koronavirus pandemiyasi karantini tufayli, keyinchalik esa Kutselaba COVID-19 bilan kasallangani sababli jang bo‘lib o‘tmagandi.
"UFC 254" turnirining markaziy jangida Xabib Nurmagomedov va Jastin Getji o‘zaro chempionlik uchun kurash olib boradi.
Ion Kutselabani hamyurtimiz Murod Xonto‘raev 2013 yil Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan AP-Grand Prix 2013 turnirida nokautga uchratgandi.
Fikrlar