"Xorazm"ning yozgi yig‘in rejasi qanday?

  • 14.07.2024 22:42
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Kubogi chorak final bahsiga va Pro liga musobaqalarining ikkinchi davra uchrashuvlariga munosib hozirlik ko‘rish maqsadida "Xorazm" futbol klubi ikki bosqichli mashg‘ulotlar rejasini ishlab chiqdi hamda birinchi bosqich tayyorgarlik mashg‘ulotlarini Toshkent shahrining "Chig‘atoy" futbol bazasida tajribali mutaxassislar Xakim Fuzaylov, Aleksandr Ejov, G‘ayratjon O‘daev va Temur Bekchanovlar boshchiligida olib bormoqda.

Tecno

Birinchi bosqich 12 iyul sanasidan Toshkent shahrining Chig‘atoy futbol bazasida olib borilmoqda hamda 16 iyul sanasiga qadar bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Ikkinchi bosqich 16-28 iyul kunlari Toshkent viloyatidagi "Dukent" o‘quv-mashg‘ulot bazasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Yig‘inga bir qator iste’dodli futbolchilar ko‘rik uchun taklif etilgan, shuningdek, istiqbolli mahalliy futbolchilar bilan muzokaralar olib borilmoqda.

"Xorazm" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!