Xorijlik jurnalistlar muxlislar Ronaldu o‘rniga Shomurodovni tanlaganidan hayratda (Foto)
Rossiyaning "Match TV" telekanali telegramdagi sahifasida yozning eng yaxshi transferlaridan iborat ramziy terma jamoa tuzdi.
Futbolchilarni aniqlash uchun telegramdagi sahifasida muxlislar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazildi. E’tiborga molik tomoni, ramziy termaning hujum uchligi Grilish, Eldor va Messidan iborat bo‘ldi.
Bu tanlov ko‘pchilik uchun kutilmagan hol edi. Jumaladan, "Match TV" uchun ham. Ular ramziy terma jamoa hujum chizig‘iga Shomurodov kiritilib, Ronaldu qolib ketganidan hayratda qolganini yashirmadi.
Quyida muxlislar tanloviga ko‘ra yozning yaxshi transferlaridan iborat ramziy terma jamoa bilan tanishing:


Fikrlar
Мени хурсанд қилди бу танлови олға Шомуродов олға