Xorvatiya hech qachon Frantsiyani enga olmagan (prevyu)

  • 8 sentabr, 2020, 21:47
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Millatlar Ligasi shu jihatdan ham kishini xursand qiladiki, u muxlislarga FIFA kunlari vaqtida kichik turnirni taqdim etadi. Mana ramziy ma’nodagi finalga ham etib keldik. Ushbu jamoalar nomining birgalikda tilga olinishi xotiralarimizni Rossiya maydonlari tomon etaklaydi. O‘shanda jamoalar bizga so‘nggi yillardagi eng quvnoq finalni taqdim etishdi. Ketma-ket 3 ta jahon chempionati finali asosiy vaqtlarida durang qayd etilishi, 4 yillikning eng muhim uchrashuvlarida bitta, nari borsa 2 ta to‘p kiritilishiga odatlanib qolganlar o‘sha kuni gollar shousining guvohi bo‘lishdi. Xorvatiya turnirning yoqimtoy jamoasiga aylanib qolgan bo‘lsa-da, ochig‘i frantsuzlardan zaifroq edi. Ushbu mundialda Desham shogirdlarini to‘xtatib qolish imkonsiz edi. 

Tecno

Bugun esa boshqa o‘yin. Jamoalarda tarkib va ambitsiya ham o‘zgargan. Tan olish kerak, favorit o‘sha-o‘sha. 

glavniy

Frantsiya

Frantsuzlar bu gal Millatlar Ligasiga ancha jiddiy e’tibor qaratishmoqda. Ha, tarkibda yangi nomlar bir qator. Ammo bugun Mbappe maydonga tushmaydi. Avvalgi uchrashuvda aynan uning reydi jamosiga g‘alaba keltirgandi. Hozir u koronavirus bilan kurashmoqda. Albatta, sportchilarda ushbu kasal ancha engil kechmoqda va umid qilamizki, tez orada Killianni maydonda ko‘ramiz. 

Desham bir nechta yosh futbolchilarni katta uchrashuvda sinab olsa ham bo‘ladi. Raqibda bir nechta etakchilar yo‘q. 

Taxminiy tarkib: Loris, Din, Dyubua, Langle, Upamekano, Kante, Fekir, Rabo, Grizmann, Marsyal, Ben Yedder.

1

Xorvatiya

Jamoalar o‘rtasida 6 ta o‘yin o‘tkazilgan bo‘lsa, ularning 4 tasida frantsuzlar g‘alaba qozongan. Yana 2 ta uchrashuv durang bilan yakunlangan. Albatta, bu erda vaqt masalasi katta rolni o‘ynaydi. Yugoslaviya tarkibidan ajralib chiqqan xorvatlarda hali etarlicha imkon bo‘lganicha yo‘q. 

Bugun Rakitich va Modrich kabi yulduzlar tarkibda yo‘q. Ular yig‘inga jalb qilinmagan. Biroq bu Dalich shogirdlarining imkoniyatlarini u qadar tushirib yubormaydi. 

Avvalgi uchrashuvda qo‘rqinchli Portugaliyadan uchralgan mag‘lubiyatni unutish kerak, deb hisoblayman. Sababi, o‘sha kuni portugallar haddan tashqari kuchli o‘yin namoyish etdi. Yana tarkibda Ronaldu yo‘q! 

Yana bir tarafdan ularda avlodlar almashinuvi davri yaqinlashganini ko‘rib oldik. Ko‘ramiz, bosh murabbiy ushbu muammolarga qanday echim topar ekan. 

Taxminiy tarkib: Livakovich, Barishich, Lovren, Yedvay, Vida, Kovachich, Badel, Pashalich, Kramarich, Perishich, Rebich.

2 b

Murabbiylar

Dide Desham: “Shvetsiyaga qarshi o‘yinda hammasi joyida bo‘ldi, deya olmayman. Biz yangi tizim bilan ishlamoqdamiz. Hujumdagi harakatlarimiz ancha yaxshilangan. Bir nechta o‘zgarishlar amalga oshirishga majburman. Grizmanndan xotirjamman. U aniqki, maydonga tusha oladi. Kamavinga uchun debyut amalga oshirish ajoyib bo‘lardi”. 

desham

Zlatko Dalich: “Biz juda katta mag‘lubiyatni qabul qildik. Biz juda yomon o‘ynadik, bu hamma o‘rgangan Xorvatiya emasdi. Biz yangi mavsum starti va bir nechta futbolchilarning sport formasi yaxshi emasligini hisobga olishimiz zarur. Men Portugaliya bilan bo‘lgandan ko‘ra yaxshiroq natijaga umid qilyapman. Ochig‘ini tan olish to‘g‘ri bo‘ladi”.

dalich

Xulosa o‘rnida

Dalichning so‘zlaridan ham ko‘rib olishingiz mumkinki, bugungi Xorvatiya jahon chempionlariga raqobat qilishi qiyin. Ammo nomning o‘zi ham ularning qanday jamoa ekanligini ko‘rsatib turibdi. Ushbu yig‘indan ochkosiz qaytmaslik uchun ular qo‘llaridan kelgancha harakat qilishlari aniq. 

Frantsiya terma jamoasi esa bir nechta eksperimentlarni amalga oshirib olishi mumkin. Ayniqsa, bugun tunda Eduardo Kamavinga o‘z debyutini nishonlagan taqdirda, evrofutbol ixlosmandlarining nigohi ushbu o‘yinga qadaladi. Kim o‘sha grand klublar shu qadar qiziqib qolgan xavbek, qo‘lidan nimalar keladi?! Marhamat, 23:45 dan e’tiboran ushbu bellashuvni kuzatib, yana ko‘plab savollarga javob olishingiz mumkin.

Abdulvosid Valixonov tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!