Xorxe Masvidal:"Bu voqea joriy yilning eng katta yangiligi bo‘ladi"

  • 02.10.2024 13:54
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yarim o‘rta vazn toifasida (77 kg) UFC chempioni unvoniga sobiq da’vogar Xorxe Masvidal faoliyatini qaytadan boshlashi mumkinligini ma’lum qildi.

 “Ko‘rib chiqilayotgan variantlar ko‘p. Hozircha aniq qarorga kelganimiz yo‘q. Ammo hozirdan bir narsani aytishim mumkin: mening qaytishim yilning eng katta yangiligi bo‘ladi", - deya Xorxening so‘zlarini keltirdi "MMA Junkie".

 Eslatib o‘tamiz, "UFC 287" turnirida bo‘lib o‘tgan so‘nggi jangida Xorxe Masvidal Gilbert Byornsga hakamlarning yakdil qaror bilan mag‘lub bo‘lgan va shundan so‘ng MMA dagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!