Xose Venansio Lopes — O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi bosh murabbiyi!

  • 20 sentabr, 2023, 16:34
  • Bekzod Isayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi futzal bo‘yicha yurtimizda o‘tkaziladigan 2024 yilgi jahon chempionatiga yuqori saviyada tayyorgarlik ko‘rish maqsadida taniqli ispaniyalik mutaxassis Xose Venansio Lopes bilan muzokaralar olib bordi. 

Bugun O‘FA rahbariyati va tajribali murabbiy o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi. Unda O‘FA Prezidenti Abdusalom Azizov O‘zbekistonda sportga, xususan, futbol va futzalga qiziqish yuqori ekanligini qayd etib, terma jamoa oldiga keyingi yilgi mundialda munosib ishtirok etish vazifasi qo‘yilganini ta’kidladi. Bu borada xalqaro tajribaga ega mutaxassislar bilan hamkorlik qilish orqali kelgusida infratuzilmani Evropa standartlari asosida shakllantirishga xizmat qilishini e’tirof etdi. 

Xose Venansio Lopes 2024 yilgi O‘zbekiston futzal bo‘yicha jahon chempionatini qabul qilishi katta voqea ekanligi, mamlakatda futbol va futzal rivojlanib borayotgani O‘zbekiston terma jamoasida ishlashga turtki bo‘lganini qayd etdi va bildirilgan ishonch uchun minnatdorchilik bildirdi. Ispaniyalik mutaxassis terma jamoada ishlash bilan bir qatorda UEFA va FIFA instruktori sifatida mahalliy murabbiylarni tayyorlash, terma jamoalarga futzalchilar etkazib berish bo‘yicha tizim ishlab chiqish, infratuzilmani rivojlantirish, shuningdek, jahon chempionatining tashkiliy yo‘nalishlarida ham o‘z tajribasi bilan ko‘maklashishga tayyorgini ma’lum qildi.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va Xose Venansio Lopes o‘rtasida shartnoma imzolandi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi. O‘FA rahbari oldinda turgan mas’uliyatli turnirlarga munosib tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha barcha sharoitlar taqdim etilishini ma’lum qilib, bosh murabbiyga omad tiladi.

photo_2023-09-20_15-45-34

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
А689 НМ
20/09/2023 20:03
Шу яхши иш булибди
Дилшод Xaмзаев
20/09/2023 16:45
Тажрибали чет Эллик мураббий керак эди барибир футзалимизга.Хосе Мария Мендез мураббийлигида Ўзбекистон футзал термаси анча ўсганди.чет Эллик мураббий кераклиги Cafa cup да билинди Афғонистонга ютқазганимизда
expert Umid-informatik
20/09/2023 16:40
Инвалидлар жахон чемпионатими ?
Дилшод Xaмзаев
20/09/2023 16:42
Футзал бўйича.катталар ўртасида келаси йил Тошкентда бўлади жахон чемпионати