
Xoxe Masvidal Mahmud Muradov sparring o‘tkazgan jangchi yuzini bejab qo‘ymoqchi?
BMF kamari egasi Xorxe Masvidal ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor MakGregorga qarshi jangga tayyorligini ma’lum qildi.
"Agar men Konor bilan jang o‘tkazsam, bu tarixdagi eng yirik janglardan biri bo‘ladi. Ular menga Konor va Kamaru Usmon uchun jangga bir xil miqdordagi gonorarni taklif qilishsa, men Usmonni tanlayman. Uning yuzini bejab qo‘yishni juda xohlayman.
Ammo, bu sodir bo‘ladi deb o‘ylamayman. Konor bilan jang xaqiqatga yaqin va men bundan yaxshi pul ishlab olaman. Faoliyatimni yakunlashimga uch yil qoldi. 2023 yilda sportni tark etaman”, - dedi Masvidal.
Eslatib o‘tamiz: Hamyurtimiz Mahmud Muradov yarim o‘rta vazn chempioni Kamaru Usmon bilan o‘zaro sparring janglar o‘tkazgan edi.
Fikrlar