
Xurshidbek Normatovning jangi jiddiy sabab tufayli bekor bo‘ldi
Profescional boksning super yarim o‘rta vazn toifasida (69 kg) faoliyatini olib borayotgan Xurshidbek Normatov (10-0, 3 KO) 20 yanvarda "Show Time" kanali orqali translatsiya qilinadigan boks oqshomining markaziy jangida ringga ko‘tarilishi, ushbu jangda Normatovga mag‘lubiyatsiz odimlayotgan puerto-rikolik Patrik Kora ( 10-0, 7 KO) raqiblik qilishi borasida xabar bergan edik. "DiBella Entertainment", "Salita Promotions", " Sampson Boxing" kabi promouterlik kompaniyalari hamkorlikda tashkil etilayotgan jang kechasi Amerika Qo‘shma Shtatlarining Konnektikut shahridagi "Mohegan Sun" arenasida bo‘lib o‘tishi lozim edi.
Biroq saytimizga ma’lum qilinishicha, Xurshidbekda koronavirus aniqlanganligi tufayli, jang bekor qilindi. Hozirda ahvoli yaxshi va kecha topshirgan testi natijasi sog‘liq nuqtai nazaridan ijobiy chiqqan.
28 yoshli Normatov Andijon viloyatida tug‘ilgan va hozirda Bruklin shahrida o‘z mashg‘ulotlarini o‘tkazib kelmoqda. Normatov 2020 yil yanvar oyida Kanadada bo‘lgan 10-jangida Uriel Ernandes ustidan ochkolar hisobida g‘alaba qozongan.
Fikrlar