Xushnud Avilov: "Andijon" bilan "Turon"ning Superligaga chiqishi aniqroq"

  • 28 sentabr, 2022, 22:48
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pro ligada kurash juda qizigan pallasiga kirdi. Etakchilar ajraldi. 19-turda “Turon” o‘z uyida “Buxoro”ni qabul qildi va 2:2 hisobida jangovar durang o‘ynadi.

Tecno

Hozirda “Turon” turnir jadvalida 2-o‘rinda boryapti. Jamoa a’zosi Xushnud Avilov ortda qolgan bahs, jamoasining imkoniyati va keyingi o‘yin haqida gapirdi.

“Ikkala jamoa ochko yo‘qotdi, deb o‘ylayman. “Buxoro” bilan uchrashuv juda qiyin o‘tdi. Oldingi o‘yindan ko‘ra “Buxoro” ancha yaxshi tarkib tuzibdi. Buxoroliklardan bunday qiyin o‘yinni kutmagandim. Biz bu bahsda ikki ochko yo‘qotdik, deb aniq ayta olaman. Penaltidan gol urganimizda o‘yin boshqacha tugardi.

Hozir 5 ta jamoada ham imkon bor, deb o‘ylayman. Ammo “Andijon” bilan “Turon” Superligaga chiqishi aniqroq deb  hisoblayman.

Keyingi o‘yinga tayyorgarlik a’lo darajada. “Xorazm” jamoasi bizni o‘z uyimizda yutib ketgandi. Bu tasodif ekanini isbotlaymiz, - dedi Avilov.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!