Xushxabar! Ikki sportchimiz bronza medali uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi

  • 4 avgust, 2021, 15:51
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Bugun Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining saralash bosqichlarida ishtirok etgan erkin kurashchilarimiz G‘ulomjon Abdullaev (-57 kg) va Javrail Shapiev (-86 kg) imkoniyatni boy bergan edi. Ertaga ular bronza medali uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi.

Boisi hamyurtlarimizni mag‘lub etgan kurashchilar Zaur Uguev (-57 kg) va Hasan Yazdani (-86 kg) finalga yo‘l oldi. Bu borada vakillarimiz dastlab o‘tish bosqichidagi raqiblarini mag‘lub etishi kerak. Demak, ertaga vakillarimizning o‘tish bosqichidagi va uni muvaffaqiyatli yakunlagan taqdirlarida bronza medali uchun kurashadigan raqiblari quyidagicha:

-57 kg: G‘ulomjon Abdullaev / Tomas Gilman (AQSh) – Rizo Atri (Eron);
-86 kg: Javrail Shapiev / Stefan Reyxmus (Shveytsariya) – Artur Nayfonov (ROQ).

Shuningdek, ertaga -74 kg vazn toifasida yana bir vakilimiz Bekzod Abdurahmonov ham o‘z ishtirokini boshlaydi. Unga birinchi davrada Puerto-Riko vakili Franklin Gomes raqiblik qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!