
Xyoysen: "Real"dan bo‘lgan qiziqish men uchun katta sharaf"
"Bornmut"ning markaziy himoyachisi Din Xyoysen "Real Madrid"ning unga bo‘lgan qiziqishi haqida fikr bildirdi.
- "Real Madrid"? Bunday ulkan klub menga qiziqish bildirishi men uchun katta sharaf, - deya Xyoysenning so‘zlarini keltirdi jurnalist Fabritsio Romano.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda 19 yoshli himoyachi barcha musobaqalarda 27 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol urdi. Xyoysenning "Bornmut" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yozigacha mo‘ljallangan.
"Transfermarkt" portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining qiymati 42 million evroni tashkil etadi. Avvalroq, "Chelsi" Xyoysenni "Real"dan oldinroq o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar