Yagona gol muallifiga aylangan Sherzod Nasrullaev derbi haqida qanday fikrda?
Kecha “Nasaf” jamoasi Coca-Cola Superliganing 21-turida Muborakda “Mash’al” klubi mehmoni bo‘ldi va yagona gol evaziga g‘alaba qozondi.
Uchrashuvdagi hal qiluvchi golga mualliflik qilgan Sherzod Nasrullaev derbi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Kechagi bo‘lib o‘tgan bahsda qimmatli uch ochkoni qo‘lga kiritdik. Derbi uchrashuvlari doim keskin kurashlarga boy bo‘lgan.
Albatta, kechagi to‘qnashuvda gol urganimdan xursandman. Lekin bu golda jamoadoshlarimning hissasi katta. Qo‘lga kiritilgan g‘alaba bilan barcha muxlislarni tabriklayman” - deydi Nasrullaev.
“Nasaf” klubi matbuot xizmati.



Fikrlar