Yakunlangan mavsum kuchli beshlik chempionatlarida kim eng ko‘p aldamchi harakatlar amalga oshirdi? (Foto)

  • 4 iyun, 2022, 00:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kuchli beshlik chempionatlarida joriy mavsum yakuniga etdi. Ushbu mavsumda eng ko‘p aldamchi harakatlar ijro etgan futbolchilar ro‘yxati taqdim etildi.

Tecno

"Goal.com" nashri tuzib chiqqan jadvalga ko‘ra, 1-pog‘onani "Nyukasl" vingeri Allan Sen-Maksimen band etgan. U nihoyasiga etgan mavsumda 150 ta dribling qayd etgan. 

2-o‘rin PSJ a’zosi Kilian Mbappega nasib etdi. Uning hisobida 112 aldamchi harakat bor. 

Uchlikni 107 dribling amalga oshirgan "Barselona" vakili Adama Traore yakunlab beradi. Shuningdek, ro‘yxatdan "Milan" hujumchisi Rafael Leau va "Real" vingeri Vinisius Junior ham o‘rin olgan.

Marhamat, quyida jadval bilan batafsil tanishib chiqishingiz mumkin. dribling

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!