Yamal barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi kimligini aytdi
Ispaniya terma jamoasi va «Barselona» vingeri Lamin Yamal barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi kim ekani haqidagi savolga aniq javob berdi.
19 yoshli iste'dod egasi bu borada tanlovini sobiq «Barselona» yulduzi, hozirda «Inter Mayami» sharafini himoya qilayotgan Lionel Messi foydasiga qildi.
«Mening tanlovim – Messi. Juda ko‘p futbol ko‘rganman, lekin hech kim meni Leo kabi hayratga solmagan. Uning yutuqlari o‘zi haqida o‘zi guvohlik beradi. Messi – o‘ziga xos futbolchi. Faqat uning Argentina bilan jahon chempionatida qilgan ishini, hozir ham maydonda ko‘rsatayotgan o‘yini eslashning o‘zi kifoya. Men uchun bu yerda hech qanday shubha yo‘q», – deya Yamalning so‘zlarini keltiradi Barca Universal.
Lamin Yamal va Lionel Messi joriy yilda «Oltin to‘p» mukofotiga nomzodlar ro‘yxatiga kiritilgan. Mukofot topshirish marosimi 26 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar